Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi.

  • 26 Nov
  • 2024

Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi.

“Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-184-son, 14.11.2024 y.) qabul qilindi

????Farmonga kо‘ra, 2025 yil 1 yanvardan:

➖jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat rо‘yxatidan о‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi;

➖“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.

????Elektron tizimda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, о‘rta va yuqori darajalarga tasniflanadi.

✅Xavf darajasi past bо‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar о‘tkazilmaydi.

 

❌2025 yil 1 yanvardan quyidagilar uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinadi:

➖fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish;

➖majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish;

➖xodimlar sonini yashirish.

 

❗️2025 yil 1 martdan boshlab sudda ish yuritish taraflar kelishuv bitimi tuzganligi sababli tugatilganda, davlat boji birinchi instansiya sudida – 70 foizi, apellyatsiya va kassatsiyada – 30 foizi qaytarib beriladi.

⚡️Farmon bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida о‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida rо‘yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibi joriy etiladi.

 

➡️Bunda tekshiriladigan tadbirkorlik subyekti aniq bо‘lmagan holatlarda, tekshiruv boshlangandan sо‘ng 24 soat ichida Biznes-ombudsman xabardor etiladi.
 


                                          Xo‘jalik faoliyati va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i N.Xo‘jabekov