Bugun Surxondaryo yuridik texnikumida 14- fevral - Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan “Buyuk shoir va sarkarda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Termiz davlat universiteti O'zbek filologiyasi tilshunoslik kafedrasi dotsenti A.Shukurov ishtirok etib,shoh va shoir hayoti va ijodiga oid ma'lumotlar berdi.
Texnikum o'quvchilari tomonidan shoir ijodiga oid g'azal va ruboiylar ifodali o'qildi.
Bobur hayot yo'li yoritilgan P.Qodirovning "Yulduzli tunlar" asaridan parcha namoyish etildi. Adabiy kecha o'quvchi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi