Diqqat e'lon!
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi bitiruvchilarining Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga test sinovlarisiz yakka tartibda suhbat o'tkazish orqali bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi bo'yicha o'qishga qabul qilish uchun maxsus komissiyaga ariza bilan murojaat qilgan o'quvchilar diqqatiga.
Maxsus komissiya majlisi joriy yilning 9 iyun kuni soat 10:00 da texnikum binosining faollar zalida bo'lib o'tadi.
Maxsus komissiya majlisida bitiruvchilarni yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatini, shuningdek ma'naviy-axloqiy fazilatlarini aniqlash uchun suhbat bo'lib o'tadi.
Shuningdek, komissiyaga taqdim etilgan hujjatlar bo'yicha qo'shimcha savollar berilishi mumkin.
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi