Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi.
Bugun Surxondaryo yuridik texnikumida buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag'ishlangan "Navoiy yodi bilan yashaymiz mudom" deb nomlangan adabiy-badiiy kecha bo'lib o'tdi.
Tadbirda Termiz davlat universiteti o'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi dotsent A.Shukurov ishtirok etib,Navoiy ijodining ahamiyati va olamshumulligi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Navoiy hayoti va ijodiga oid maʼlumotlar, gʻazal va ruboiylar, sahna koʻrinishi hamda raqslar ijro etildi.

Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi