"Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida targ'bot tadbiri o'tkazildi.

  • 05 Mar
  • 2025

"Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida targ'bot tadbiri o'tkazildi.

     Bugun Surxondaryo yuridik texnikumida  Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi bo'lim boshlig'i O. Jo'rayev tomonidan "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 

    Tadbirda soʻz olganlar yoshlarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan qulayliklar, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularning oldini olish masalalariga to‘xtalib o‘tishdi.

     Shuningdek, uchrashuv davomida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish,  yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz asosida vatanparvarlik, fidoyilik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalash,turli yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolmasliklari bo'yicha ma’ruzalar qilishdi.

    Yakunda yigʻilganlar eʼtiboriga  "Tinchlik qadri" nomli videofilm havola etildi.