8-sentabr kuni Surxondaryo yuridik texnikumi o‘quvchilari va mas’ul xodimlari tomonidan “Giyohvandlik — asr vabosi” shiori ostida aksil targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiya davomida jamoat joylari va savdo do‘konlarida giyohvandlikning salbiy oqibatlarini yorituvchi flyer, buklet va targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — yoshlar va aholi o‘rtasida giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida tushuncha va ogohlikni oshirish, unga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish.
Giyohvandlikka yo‘q deymiz!
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi