Surxondaryo yuridik texnikumida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishining oldini olish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining mas’ul xodimi ishtirok etib, giyohvandlikning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri, shuningdek, narkotik vositalarning noqonuniy muomalasi va iste’moli uchun belgilangan huquqiy javobgarlik haqida tushuntirishlar berdi.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar bilan tanishdilar.
Sog‘lom yoshlar — barqaror kelajak!
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi o'qishga taklif etadi