Prezident tabrigi o‘qib eshittirildi

  • 02 Sep
  • 2026

Prezident tabrigi o‘qib eshittirildi

    2026-yil 2-sentabr kuni Surxondaryo yuridik texnikumining IT yo‘nalishi o‘quvchilari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

      Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz o‘quvchilari hamda ustoz va murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

     Tadbir o‘quvchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ularning yangi o‘quv yilini katta quvonch, ulkan orzu-maqsadlar va yangi marralar sari ishonch bilan boshlashlariga xizmat qildi.

Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilarimizga ulkan zafarlar va yuksak muvaffaqiyatlar olib kelsin!